Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Yangi Toshkent qurilishining birinchi bosqichi bilan tanishdi. U 27 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan ko‘chatxonani ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari vazirliklar vaqtinchalik ishlashi uchun mo‘ljallangan yengil konstruksiyali binolar bilan ham tanishdi.
Prezident Toshkent atrofida “yashil belbog‘” barpo etish loyihasi doirasida daraxt o‘tqazdi. Yangi bog‘ poytaxt halqa yo‘li bo‘ylab yaratilmoqda. Tadbirda hukumat a’zolari, jamoatchilik vakillari va chet ellik diplomatlar ishtirok etdi. Ayni paytda boshqa hududlarda ham shunday bog‘lar barpo etilmoqda.
Toshkentda qurilishlar o‘rtacha necha qavatli bo‘ladi, bir qavatli mahallalar taqdiri nima bo‘ladi, poytaxtning me’moriy qiyofasi qanday saqlanishi kerak va nima uchun barcha qurilish loyihalarini shahar tashqarisiga ko‘chirish imkonsiz? «ToshkentboshplanLITI» instituti direktor o‘rinbosari ushbu savollarga javob berdi.
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasi mualliflari Mo‘ynoqdan Andijongacha, ya’ni, 1500 km uzunlikdagi «yashil belbog‘» yaratishni taklif qildi. Ularning fikricha, buni amalga oshirish mumkin. Strategiya «yashil belbog‘»ga tutash qishloqlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting